У нас есть только
оригинальные песни

Jahonning eng dindor va dinga e’tiborsiz mamlakatlari reytingi tuzildi

calendar 13.04.2015
5832


Jahonning eng dindor va dinga nisbatan e’tiborsiz mamlakatlari reytingi tuzib chiqildi. Bu haqda, WIN/Gallup tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga asoslanib, The Telegraph xabar bermoqda.

65 mamlakatdan jami 64 mingga yaqin kishi ishtirok etgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, sayyora aholisining uchdan ikki qismi o‘zini taqvodor deb hisoblaydi.

Tailand jahonning eng xudojo‘y mamlakati bo‘lib chiqdi. Ushbu mamlakatda istiqomat qiluvchi respondentlarning 94 foizi o‘zini taqvodor deb atagan. Ayni vaqtda, aholining 1 foizi o‘zini haqiqiy ateist deb hisoblaydi. Aholisining xudojo‘yligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Armaniston, Bangladesh, Gruziya va Marokash egallagan (har birida 93 foizdan).

Aholisining dinga e’tibori eng past mamlakatlar beshligidan Gollandiya (aholining 26 foizi o’zini taqvodor deb hisoblaydi), Chexiya (23 foiz), Shvetsiya (19 foiz), Yaponiya (13 foiz) va Xitoy (7 foiz) joy olgan.

Avvalroq, amerikalik tadqiqotchilar XXI asr oxiriga borib Islom, nasroniylikni ortda qoldirib, jahondagi eng ommaviy dinga aylanishini aniqlashgani haqida xabar berilgan edi.


Яндекс.Метрика