У нас есть только
оригинальные песни

Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi 30 yoshga qadam qo‘ydi

calendar 24.06.2017
1379

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi bugun — 24-iyun kuni 30 yoshni qarshi oldi. “Oltin to‘p” sovrinini eng ko‘p qo‘lga kiritgan argentinalik yulduzni tanimagan kishining o‘zi qolmagan bo‘lsa kerak.

Messi – «Barselona» va Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar sanaladi. 17 yildan buyon kataloniyaliklar asosiy tarkibida to'p surib kelayotgan Leo 4 karra Yevropa chempionlar ligasi g'olibi, 8 karra Ispaniya chempioni, 3 karra klublar o'rtasidagi jahon chempioni, 5 karra Ispaniya kubogi, 6 karra Ispaniya superkubogi, 3 karra Yevropa superkubogi sohibi bo'lgan. Argentina yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempioni va Olimpiada o'yinlari oltin medalini qo'lga kiritgan.

Яндекс.Метрика