У нас есть только
оригинальные песни

Jak Shirak shifohonaga yotqizildi

calendar 18.09.2016
1831

Frantsiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak Parij shahridagi shifohonalardan biriga yotqizilgan. Bu haqda Le Parisien habar tarqatgan.

Qayd etilishicha, 83 yoshli Shirak Marokashdagi ta`tili vaqtida o'zini yomon his qila boshlagandi. 18 sentyabrga o'tar kechasi u oilasi bilan hususiy samolyot orqali Parijga uchgan. Samolyot bortida u bilan birga 2 shifokor uchgan.

Nashr ma`lumotiga ko'ra, mamlakatning sobiq prezidentiga pnevmoniya tashhisi qo'yilgan.

Яндекс.Метрика