У нас есть только
оригинальные песни

Jala tufayli Pekindagi sayyohlik ob’yektlari yopib qo‘yildi

calendar 12.08.2018
770

Pekin ma’muriyati ayni paytda davom etayotgan kuchli jala tufayli 168 ta tabiiy, arxitektura va sayyohlik ob’yektini yopib qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novovsti» xabar bermoqda.

Yopilgan ob’yektlar ro‘yxatida Buyuk Xitoy devori, shuningdek, Mutyan va Simatay uchastkalari ham bor.

Pekinda xavfning «sariq» holati e’lon qilindi.

Pekin ma’muriyati shahar aholisi va mehmonlarni tog‘li hududlarga, daryo bo‘ylari va qirg‘oqlarga bormaslikka hamda o‘sha joylarga, ko‘prik ostilariga  avtomobillarini qo‘maslikka chaqiryapti.

Bugun ertalab Pekinning Faynshan tumanida tog‘ qulagan. Toshlar tushishi tufayli yo‘llarda avtomobil harakati to‘xtatilgan.

Hodisadan hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.

Яндекс.Метрика