У нас есть только
оригинальные песни

Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti bo‘yicha ajratmalar stavkasi 2 foizgacha ko‘paytirildi

calendar 01.01.2018
844

O‘zbekistonda 2018-yildan jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti (JBPT) bo‘yicha ajratmalarning yangi stavkasi o‘rnatildi, deb yozadi UzDaily O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga tayanib.

Hujjatga muvofiq, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti bo‘yicha ajratmalar stavkasi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqqa tortiladigan daromadlarning 1 foizidan 2 foizigacha o‘sadi.

Shu bilan birga, hukumat jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqning JBPTga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasiga kamaytirilishi tartibini saqlab qoldi.

Яндекс.Метрика