У нас есть только
оригинальные песни

Jamila G‘ofurova gonorariga bitta Spark’ning puli va Nexia olgani haqida gapirib berdi

calendar 12.08.2017
2816

Aktrisa  Jamila G‘ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida aktrisa filmlarda qanchaga suratga tushishi, hattoki gonorarining puliga Spark avtomoshinasi berganligi, unga film prodyuseri Nexia avtomashinasini sovg‘a qilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Jamila G‘ofurova: Avvallari eng ko‘p gonorar oladigan aktrisa men bo‘laman. Filmlarda rol ijro qilishim uchun bitta mashinaning pulini olganman, bugungi kunga hisoblaydigan bo‘lsak, o‘sha pulga bitta Spark avtomashinasini sotib olish mumkin edi. U filmning nomini ham aytishim mumkin, film “Uzuk” deb nomlangan edi.

“Faryod” filmidan juda katta gonorar olganman. “Faryod” filmi yaxshi chiqqani uchun film prodyuserlari, oilaviy kelishgan holda menga Nexia mashinasini sovg‘a qilgan edi. O‘sha Nexia mening birinchi mashinam bo‘lgan edi.

Яндекс.Метрика