Jamoat joylarida chekish va spirtli ichimliklar taqiqlanishi to‘g‘risidagi belgilar paydo bo‘ladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining 7-noyabrdagi buyrug‘i bilan Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2017-yil mart boshidan kuchga kiradi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Buyruq bilan ogohlantiruvchi bergilarni tayyorlash va o‘rnatish ishlari korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarlari, ish beruvchilari yoki bino yoxud obyektdan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ogohlantiruvchi belgi ish joylarida, ko‘chalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bog‘larida va boshqa jamoat joylarida, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilmagan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarida (to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalar hamda marosimlar o‘tkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari bundan mustasno) barcha uchun ko‘rinadigan joylarda joylashtirilishi lozim.

Jamoat transportining barcha turlarida (fuqaro havo kemasi bundan mustasno) xuddi shunday taxtachalar matnsiz joylashtiriladi.


Комментарии (0) | Добавить: 07.12.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]