У нас есть только
оригинальные песни

Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim

calendar 09.08.2011
3943

Bu aldamchi dunyoda bo'lma menga yor,
Kutmagin meni bo'lib intizor,
Lek senga muhim bir iltimosim bor,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Qismatim qiziqda meni aslo tanimaysan,
Hatto "Tanishayli" deyishga yaramaysan,
Nozlanib boqarman, bir qaramaysan,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Sendan avval umrim tugashini bilaman,
Ajalim kelgan kun albat o'larman,
U dunyoga borib, seni kutarman,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Bu dunyoda baxtli bo'l o'zga bilan,
Bundan aslo afsus chekmasman,
Bilki, o'zga uchun gullar ekmasman,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Atrofim bahoru, qalbim mudom qish,
Sening g'aming men uchun mudhish,
Men sening baxting asrovchi bir qush,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Mayli o'zgaga boqsin ko'zlaring,
U uchun atalsin shirin so'zlaring,
Men uchun kifoya baxtli bo'lganing,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Mayli atalsin o'zgaga umring,
Joniga darmon bo'sin labdagi kulging,
Lek men uchun asra qalbdagi sevging,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

O'zga yorni erkala: "Yagonam, Gulim"
Mening esa besar o'tmoqda umrim,
Sen uchun atab qo'ydim eng so'nggi kulgim,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Ollohdan so'rayman - sening sog'liging,
Tan olib yashayman baland tog'liging,
Mening baxtimdir, sening borliging,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Bilki, seni sevib yasharman abad,
Toki bor ekan qalbda Muhabbat,
Bu o'tli Muhabbatim unutma faqat,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Atrofingda shamol kabi yelolmadim,
Yomg'ir bo'lib yuzlaringni silolmadim,
Bu dunyoda seni yoring bo'lomadim,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Istasang fido qilarman senga jonimni,
Yoding bilan o'tkazgayman har bir onimni,
O'zgaga cherttirmam ko'ngil torimni,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

She'rlarimda Muhabbatni bor dedim,
Oshkora sevmoqlikni or dedim,
Seni qalbda avaylab, pinhona sevdim,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Ko'zlaring qumsab, o'tmoqda kunlar,
Seni tush ko'rib chiqarman tunlar,
Azobli ox urib, otmoqda tonglar,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim.

Seni o'ylab tunim bedor bilmaysan,
Sog'insam yonimimga bir kelmaysan,
Taqdir ekan meni aslo sevmaysan,
Jannatlarda menga yor bo'l sevgilim...

Muallif: Sirli_qiz

Яндекс.Метрика