У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Koreya KHDRning yangi yadro sinovlari o'tkazishga tayyorligi haqida ma`lum qildi

calendar 12.09.2016
1448

Janubiy koreyalik harbiylarning hisoblashicha, KHDR navbatdagi yadro sinovlari o'tkazish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

"KHDR navbatdagi yadro sinovi o'tkazishda foydalanish uchun tunnellarga ega", deya Koreya respublikasi mudofaa vaziri Mun Sun Gunning so'zlarini keltirgan Yonhap agentligi.

"AQSh va Janubiy Koreya razvedkalari baholariga ko'ra, KHDR Phungeridagi yadro poligonida istalgan vaqtda keyingi yadro sinovini o'tkaza oladi", deya qo'shimcha qilgan vazir.

9 sentyabr' kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:30da (Toshkent vaqti bilan soat soat 05:30) Koreya yarim orolida 5 balli zilzila qayd etildi. Ko'p vaqt o'tmasdan Shimoliy Koreya hukumati yadro sinovi muvaffaqiyatli o'tkazilgani to'g'risida ma`lum qildi. Rahbariyat endi yadroviy kallaklarni ballistik raketalarga o'rnata olishini ta`kidladi.

Janubiy Koreyadagi mutahassislarning bildirishicha, bu mamlakat tarihidagi eng yirik yadroviy sinov bo'lgan (quvvati 10 kilotonna). Bu sinov hisob bo'yicha beshinchisi bo'ldi. Ohirgi marta KHDR 2016 yilning 6 yanvarida, Pangiri poligonida 5 tonnalik yadro sinovini o'tkazgani haqida ma`lum qilgandi. Shimolliklar 2006, 2009 va 2013 yillarda ham yadro sinovlarini o'tkazgan.

BMT, AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya sanktsiyalarni kuchaytirish borasida bayonotlar bermoqda.

Shu bilan bir vaqtda rasmiy Phen'yan Vashingtondan KHDRni yadroviy hokimiyat deb tan olishni talab etmoqda.

13 sentyabr' kuni Seulda AQSh va Janubiy Koreya vakillari KHDR bo'yicha mahsus muzokaralar o'tkazadi. Yakunda Son Kim va Kim Hon Gun matbuot anjumanida Phen'yanga nisbatan javob choralari haqida ma`lum qiladi.

Яндекс.Метрика