У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Koreya kompaniyasi Wi-Fi’da tezlik bo'yicha inqilob qilmoqchi

calendar 23.10.2017
1233

Janubiy Koreyaning SK Telecom (SKT) uyali aloqa operatori simsiz aloqa texnologiyasini ishlab chiqdi, u ma`lumotlarni soniyasiga 4,8 gigabitga qadar bo'lgan tezlikda uzatishi mumkin. Bu haqda The Korea Herald xabar bermoqda.

"Wi-Fi yangi standarti ishlash tezligi 5G tarmog'iga teng yoki undan ortiq bo'ladi, bu esa mobil qurilmalarda ishlashni ancha yengillashtiradi", - deya aytib o'tdi SK Telecom tarmoq texnologiyalari bo'limi rahbari Pak Chjin Xyo.

Taqqoslash uchun, hozirgi avloddagi (standart - 802.11n) routerlarning eng qimmat modellari simsiz ulanishda taxminan 2,5 Gbit/s. maksimal tezlikni ta`minlaydi. Narx bo'yicha hamyonbop bo'lgan modellar esa maksimum 1,2 Gbit/s.da ishlashi mumkin. Shu tariqa, yangi texnologiyalar tezlikni hozirgi standart bilan solishtirganda to'rt barobarga oshirishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchi kompaniya so'zlariga ko'ra, yangi avloddagi Wi-Fi router uzatish va signalni qabul qilib olish uchun to'rtta antenna hamda kengligi 160 Mgts. bo'lgan kanaldan foydalanadi. Bu hozirgi avlodga nisbatan ancha barqaror ulanishni ta`minlab beradi.

Yangi qurilmani tijorat maqsadlarda keyingi yil chiqarish rejalashtirilmoqda.

Яндекс.Метрика