У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Koreya KXDR hujum qilsa, qattiq jazo choralarini ko'rishga va'da berdi

calendar 21.08.2015
3659

Rasmiy Seul Pxenyanning har qanday tashviqotiga javob beradi, deyiladi Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi murojaatida. KXDR harbiy harakatlarni boshlasa, Janubiy Koreya buning uchun qattiq jazo choralarini ko'rishga va'da berdi. 

Bundan avvalroq esa Kim Chen In armiyani hujumga tayyorgarlik ko'rishga buyruq bergan edi. Qo'shin 21 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 09:00da to'liq harbiy tayyor holatga keltirildi. 

Eslatib o'tamiz, 10 avgust kuni Janubiy Koreya 11 ichida ilk ichida ilk bor qurolsizlantirilgan hududda tashviqot olib boriluvchi ovoz kuchaytirgichlar ishini qayta boshlagan edi. Shimol esa agarda janub Pxeyanga qarshi psixologik eshittirishlar uzatishni to'xtatmasa va barcha zarur uskunalarni payshanba (20 avgust) kuni mahalliy vaqt bilan 17:00dan boshlab 48 soat ichida olib tashlamasa, harbiy harakatlarni boshlash haqida ultimatum e'lon qildi.
Яндекс.Метрика