У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Koreya KXDRga qarshi tashviqotda qo'llangan radiokarnaylarni olib tashlaydi

calendar 30.04.2018
683

Janubiy Koreya 1 may kunidan qurolsizlashtirilgan hududda o'rnatilgan va asosan Shimoliy Koreyaga qarshi “psixologik urush” olib borish uchun qo'llangan radiokarnaylarni olib tashlaydi. Bu haqda 30 aprelda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma`lum qildi.   

Radiokarnaylarni olib tashlash haqidagi kelishuvga 27 aprelda Shimol va Janub o'rtasida o'tgan sammitda erishilgan. 

“Qurolli kuchlarimiz Pxanmunjom deklaratsiyasida ko'zda tutilgan choralar doirasida birinchi chora sifatida 1 maydan harbiy-demarkatsion chiziqda o'rnatilgan radiokarnaylar batareyasini olib tashlashni boshlaydi”, deb aytilgan Janubiy Koreya mudofaa vazirligi xabarida.

Biroq mudofaa vazirligining rasmiy saytida bu haqda hech qanday ma`lumot joylashtirilmagan.

Seul radiokarnaylardan iborat 34 ta batareya yordamida 2016 yilda ikki davlat o'rtasidagi harbiy-demarkatsion chiziq bo'ylab taxminan 10ta nuqtadan Pxenyanga qarshi tashviqot olib borgan. O'z navbatida, Pxenyan bunga javoban Janubiy Koreya tashviqoti ovozini o'chirish uchun o'z radiokarnaylarini yoqqan. Shimoldan ham tashviqot 10ta nuqtadan olib borilgan. 

Яндекс.Метрика