O'zbekiston va
Janubiy Koreya yangi klinika qurilishi borasida muzokaralar olib
bormoqda. Bu haqda Koreyaning O'zbekistondagi elchisi Li Uk-Xyon ma'lum
qildi.
Uning aytishicha, ushbu loyiha sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlik doirasida amalga oshiriladi.
"Ayni paytda shifokorlarning malakasini
oshirish va epidemik kasalliklarga qarshi kurash sifatini yaxshilash
bo'yicha qo'shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari,
Toshkentda bolalar uchun shifoxona qurilmoqda, kattalar uchun klinika
qurilish borasida muzokaralar ketmoqda”, - dedi u "Jahon” agentligiga
bergan intervyusida.
Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchisi Li
Uk-Xyonning aytishicha, ikki davlatning iqtisodiy munosabatlari samarali
rivojlanib bormoqda. Shunga qaramay, uning fikricha, Ustyurtdagi misol
yirik loyihalar olib borish ikki mamlakat uchun ham manfaatli bo'ladi.
"Bu sohadagi muvaffaqiyatli hamkorligimizning yorqin misoli Surgil koni negizida Ustyurt gaz-kimyo kompleksining qurilishi bo'ldi, - dedi u. – Muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun bu kabi yirik loyihalar ustida ishlashni davom etishimiz lozim”.