У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Koreyada ilk marta prezident so'roq qilinishi mumkin

calendar 13.11.2016
1186

Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat tarixida ilk bor prezidentni so'roq qilishi kutiloqda. Yonhap agentligi xabariga ko'ra Pak Kin Xe o'z dugonasi Chxve Sun Sil bilan yaqin aloqalari tufayli so'roq qilinadi.«Prezidentni so'roq qilish shu haftadayoq bo'lib o'tishi kutilmoqda. Lekin so'roq o'tkazilmasligi ham mumkin. Chxve Sun Silga hukm chiqarilganidan keyin so'roq o'tkazilishi ham mumkin», — deya qayd etilgan Seul prokuraturasida.Chxve Sun Sil 3 noyabr kuni tovlamachilik va davlat ishlariga aralashishda ayblanib qo'lga olingandi.Bundan oldinroq, Janubiy Koreyada o'n minglab kishilar Seul markazida Pak Kin Xening iste`fosini talab qilgan holda namoyish o'tkazgani xabar qilingandi.

Яндекс.Метрика