У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 15 kishiga yetdi

calendar 14.06.2015
1812


Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi (MERS) qoldirgan asoratlar sabab yana bir bemor vafot etdi. "TASS” xabariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus natijasida vafot etganlar soni 15 kishiga yetdi. Foto: Reuters Foto: Reuters Virus ilk bor 2012-yili Saudiya Arabistonida aniqlangan. Janubiy Koreya hududida esa dastlabki kasallik holati 2015-yil 20-may kuni qayd etildi – Yaqin Sharq mamlakatlariga uyushtirilgan safardan qaytgan Janubiy Koreya fuqarosi virus tashuvchisi bo‘lib chiqdi. Hozirgi vaqtda Janubiy Koreya MERS bilan zararlangan aholi soni bo‘yicha jahonda ikkinchi mamlakat bo‘lib turibdi – 2012-yili Saudiya Arabistonida 1000dan ortiq odam mazkur virusni yuqtirib olgandi
Яндекс.Метрика