У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Koreyada KXDRdan qochib kelgan 700 kishi qidirilmoqda

calendar 27.09.2015
1147

Janubiy Koreya ma’muriyati KXDRdan qochib o‘tgan va Janubiy Koreyada yashab kelgan 700 nafar shaxsning ayni vaqtda qayerda ekanligini aniqlay olmayapti. Bu haqda, Janubiy Koreya birlashish ishlari vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, "Kommersant.ru” xabar bermoqda.
"Shimoliy koreyalik 688 nafar qochoqning qayerda ekanligini aniqlash imkoni bo‘lmadi (bu Janubiy Koreyadagi jami Shimoliy koreyalik qochoqlarning 2,6 foizini tashkil etadi)”, — deyiladi vazirlik bayonotida. Xabar berishlaricha, qochoqlarning 664 nafari Janubiy Koreyani tark etib, qo‘shni mamlakatlarga o‘rnashgan. Shuningdek, 22 nafar qochoq jinoyat sodir etgani uchun hibsda saqlanayotgani, 14 kishi esa KXDRga qaytib ketgani aytilmoqda.
Яндекс.Метрика