У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Koreyada siyosiy inqiroz avjiga chiqmoqda

calendar 03.11.2016
1363

Janubiy Koreya politsiyasi mamlakat prezidentining sobiq kotibini korrupsiya mojarosiga aloqadorlikda gumon qilib qo'lga oldi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi. 

Prezidentning sobiq kotibi, 57 yoshli An Chon Bom "Tinchlik" va "K-sport" kabi jamg'armalarga yirik kompaniyalardan pul yig'ish ishlarida qatnashgan. Bu fondlarni mojaro markazida bo'lgan, mamlakat prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Sil boshqargan. 

Avval xabar qilinganidek, prokuratura Tsoy Sun Silni davlat ishlariga aralashishda gumon qilib hibsga olish buyrug'ini kutmoqda. 

31 oktabr kuni Tsoy Sun Sil unga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar bo'yicha shoshilinch tarzda vaqtincha qamoqqa olingan edi. Prokuratura Tsoy barcha dalillarni yo'qotishidan xavotirlangani sabab, shunday choralar ko'rishga majbur bo'lgan. uning o'zi barcha ayblovlarni rad etgan. Tsoy Sun Sil Janubiy Koreya huquq-tartibot idoralari so'rog'iga javob berish uchun o'tgan dam olish kunlari Yevropadan kelgan edi.
 
Ayni chog'da prezident Pak Kin Xe xalqidan uzr so'rab, Tsoy Sun Sil bilan aloqasini tan oldi. Bu uning iste`fosini talab qilib norozilik namoyishlari o'tkazilishiga sabab bo'ldi. Prezident kotibiyati ham to'liq tarkibda iste`foga chiqarilgan. Hukumatda  yangilanishlar bo'lishi kutilayapti. 

Tsoy Son Sil Janubiy Koreyadagi shomonizm dini yetakchisi, 1994 yilda vafot etgan Tsoy Txe Minning qizi hisoblanadi. U bironta davlat lavozimiga ega bo'lmagan, biroq, prezident ma`ruzalariga tuzatishlar kiritgan, yirik korporatsiyalardan ikkita jamg'armaga pul o'tkazilishini nazorat qilgan. Yonxap agentligiga ko'ra, prezident Pak Kin Xe Tsoy Txe Min oilasi bilan 1974 yilda, onasi, o'sha vaqtdagi mamlakatning birinchi xonimi Yuk Yon Su vafot etgan vaqtlarda tanishgan. 

Яндекс.Метрика