У нас есть только
оригинальные песни

Janubiy Xitoyda yuk avtomobili olomonga kelib urildi, 13 kishi halok bo‘ldi

calendar 30.04.2016
1037

Janubiy Xitoyning Guychjou provinsiyasi, Sin’i shahrida 29-aprel, juma kuni yuk avtomobili olomonga kelib urildi. Buning oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi turli darajada jarohat oldi, deb xabar beradi “TASS”.

Ma’lum bo‘lishicha, harakatlanish chog‘ida mashinaning tormoz tizimi ishlamay qolganligi sababli haydovchi boshqaruvni uddalay olmagan va avtomobil yo‘l chetida to‘planib turgan odamlarga urilib, ag‘darilib ketgan.

Jarohatlanganlarning barchasi kasalxonaga yotqizilgan. Boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.

Яндекс.Метрика