У нас есть только
оригинальные песни

Jastin Biber eng boy taniqli yoshlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

calendar 01.12.2014
3937

Jastin Biber eng boy taniqli yoshlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Kanadalik 20 yoshli qo‘shiqchi Jastin Biber Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan 30 yoshgacha bo‘lgan eng boy taniqli insonlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Jurnal Biberning boyligini 80 million dollarga baholagan. Ikkinchi o‘rinda 75 million dollar bilan Britaniyaning One Direction guruhi, uchinchi o‘rinda 64 million dollar bilan 24 yoshli amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, kuchli beshlikdan 60 million dollar bilan 29 yoshli qo‘shiqchi Bruno Mars hamda 48 million dollar bilan 26 yoshli xonanda Rianna ham o‘rin olgan.

Яндекс.Метрика