Jastin Biber Xitoyda konsert berishiga taqiq qo‘yildi

Xitoy rasmiylari kanadalik xonanda Jastin Biberga mamlakat hududida konsertlar qo‘yishni taqiqladi. Bunga yosh qo‘shiqchining “beodob fe’l-atvori” sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Xitoylik muxlislardan biri nega Biber ushbu mamlakatda chiqishlar qilmayotgani haqidagi savolga javoban madaniyat ishlari bo‘yicha Pekin boshqarmasi tegishli bayonotni tarqatdi.

“U o‘zini beodob tutgani bilan bog‘liq holatlar Xitoyda umumiy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ko‘ngilochar tadbirlar ichki bozorini tartibga solish va uni tozalash uchun biz o‘zini yomon tutadigan ijrochilarni bu yerga jalb qilishni noto‘g‘ri deb hisoblaymzi”, — deyiladi bayonotda.


Комментарии (0) | Добавить: 22.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]