У нас есть только
оригинальные песни

Jasur Gaipovdan yangi tarona tez kunda

calendar 09.08.2015
1472

Muxlislariga faqat sifatli qo'shiqlar taqdim qiladigan, to'y uchun emas, san'at uchun ijod qilib kelayotgan xonanda Jasur Gaipov bir oz tanaffusdan so'ng yana ijod ummoniga sho'ng'idi. Deyarli har bir taronasi xit darajasiga ko'tarilayotgan bu ijodkor navbatdagi yangi taronasi ustida ish olib bormoqda. Yosh va iste'dodli ijodkorlar Shaxboz va Navruz tomonidan yaratilgan "Unut meni" deb nomlangan ushbu qo'shig'i o'zgacha yo'nalishda kuylangan. Taronaning aranjirovkasi Jasur Badalboev tomonidan amalga oshirilgan. Har doim yangilik yaratishga harakat qilib, uddasidan chiqib, muxlislar qalbidan joy egallagan Jasur Gaipov bu safar ham lol qoldirishi aniq. Demak tez kunda yangi tarona premyerasi sevimli ijodkoringizdan. Kutib qoling
Яндекс.Метрика