У нас есть только
оригинальные песни

Jasur NEMIS MASHINASIni eslatib yubormoqda…

calendar 22.07.2014
6995

Futboldagi kabi NEMIS MASHINAsi eslatib yuboruvchi o’zbek shou-biznesining yangi vakillaridan biri Jasur G’oipov ayni paytda san’at ahli orasida xalqqa o’z ijod mahsulotini yuqori sifatda  taqdim etish borasida yaqqol ajralib bormoqda…Bu uning eng asosiy yutug’i, ayniqsa jonli ijroga bo’lgan talabni yaxshiGINA qondirishi kutilmoqda, sababi u jonli ijroda bemalol o’z mahoratini ko’rsata oluvchi yosh iste’dod sohibi. 

Hamda ortiqcha ta’rifga hojat yo’q bo’lgan guruhlardan biri "Bolalar” guruhi yakkahoni Tohir Sodiqovning shogirdi. Ayni paytda uning fanklubiga saytimizning ijodiy jamoasi a’zolari boshchilik qilishmoqda… Va saytimizda yaxshilab e’tibor bergan bo’lsangiz asosan Jasurning reklamasi aylanayotganini ham shu bilan izohlash mumkin. Jasur haqida juda ko’pchilik boshida unchalik jiddiy e’tibor bermagani biroz NOo’rin…Sababi shaxsan o’zim shunchaki ushbu xonandaga yuzaki qaraganim va u haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lganimdan keyinGINA negativ fikrlarim o’zi –o’zidan yo’qolib bordi…Har holda har kim haqida ham to’liq ma’lumotga ega bo’lmasdan, fikr bildirish NOTO’G’RIligi yana bir isbotlandi. Men Jasurni yaqinda tanimayman, reklamasi uchun ham mas’ul emasman, shunchaki chetdan ijodkor nigohi va muhlis nigohini birlashtirgan holda.

      Muhlislarga va albatta unga salbiy fikr bildiruvchi insonlarga shuni aytmoqchimanki, avval uni ijodiga nazar soling… 13 yil san’at qozonida qaynagan hamda endiGINA ijodga jiddiy ravishda qarayotgan yosh xonanda ilk qo’shiq va kliplarini (shaxsan tan berganim O’zbek shou-biznesida) juda yuqori sifatda taqdim etayotganligi…Va o’zining o’zgacha uslubida(har holda to’y formatida emas)namoyonlashi… 

Hullas u haqida hali ham uncha jiddiy tarzda qabul qilmaydigan san’at  ixlosmandlariga uning avvalo ijodini yaxshilab, o’tirvooolib chetdan bo’lsa ham kuzating, ana undan keyin fikr bersangiz to’g’riROQ bo’lardi…Har holda muhlislarni ham kimdur tanqid qilib turishi kerak…Albatta bu shaxsiy fikrlarim… Bu maqolani yozishimga sabab aslida yaxshi narsani yaxshi yomon narsani yomon qilib ko’rsatishdir holos…Yaxshini ham yomonlayversangiz ertaga kim yaxshi bo’ladi…? Aynan san’at olamidaDE?

Fikrlar bildirish esdan chiqmasin…))

 

Yosh ijodkor hamda fotolar montajyori –

Baxodir Xikmatov

            Maslahatchi – ko’zlar va yurak amri;-)

Яндекс.Метрика