У нас есть только
оригинальные песни

Jasur Umirov “Instagram”dagi suratlari sababli “O'zbeknavo” tomonidan ogohlantirildi

calendar 30.10.2015
2685

O'zbek estradasi vakillaridan biri Jasur Umirov "Instagram” ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga oyoqlarini ma'murining tizzasi ustiga qo'ygan holda tushgan suratini e'lon qilgani, mazkur foto ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketgani sababli "O'zbeknavo” estarada birlashmasi tomonidan ogohlantirildi. Bu haqda "O'zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo'limi boshlig'i Odiljon Abduqaxxorov kun.uz saytiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Jasur Umirov bilan bog'liq masalada san'atkornimas, balki uning ma'murini ko'proq aybdor deb bilaman, - dedi Odiljon Abduqaxxorov. - Chunki ma'mur san'atkorning imijini yaratish, uning xatti-harakatlarini tartibga solib yurish uchun ham pul olayapti. Ma'mur xonandani tartibga solib yurishi lozim. Nima uchun el e'tiboridagi san'atkor oyoqlarining suratlarini ommaga e'lon qilar ekanu, ma'mur bunga bepisand munosabatda bo'lishi kerak?”

O.Abduqaxxorovning fikricha, bu kabi bepisandliklar natijasida san'atkor ertaga bundan ham og'irroq ishlarni qilishi ham mumkin. "Kechirasizu, shunday ma'murlar borki, xonandalar ular bilan bemaslahat birorta ham ish qilmaydi. Bir-birini qattiq hurmat qiladi, kerak bo'lsa, san'atkor o'z ma'muridan cho'chib turadi”, - deya so'zini davom ettirdi "O'zbeknavo” estrada birlashmasi vakili.

Mazkur masala yuzasidan Jasur Umirovning ma'muri bilan bog'langanimizda, bu borada hech narsa deya olmasligini ma'lum qildi.

"O'zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo'limi boshlig'i Odiljon Abduqaxxorov bilan bo'lib o'tgan intervyuning to'liq matnini yaqin vaqtlar ichida saytimiz orqali o'qishingiz mumkin.

Яндекс.Метрика