У нас есть только
оригинальные песни

Jasur Umirovniki ekanligi taxmin qilingan Porsche “Moskvich” bilan to‘qnashgani xabar berildi

calendar 27.04.2015
6359


Facebook’dagi "Voditeli Tashkenta” guruhiga Porsche Cayenne va "Moskvich” rusumidagi avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani aks etgan fotosurat joylashtirildi.

Surat ostiga qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilardan bir nechtasi ushbu Porsche avtomobili xonanda Jasur Umirovga tegishli ekanligini yozgan. To‘qnashuv oqibatida Porsche’ga yengilroq, "Moskvich”ga jiddiyroq zarar yetgan.

Ko‘pchilik avariya aynan Porsche yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratuvchi chiziq borligiga qaramay boshqa yo‘nalishga o‘tishga uringani tufayli sodir bo‘lganini taxmin qilgan.


Яндекс.Метрика