У нас есть только
оригинальные песни

Javohir Zokirov: “Baron-2”ga meni ham chaqirishar, mensiz qayoqqa ham borishardi…

calendar 07.05.2016
2184

Aktyor Javohir Zokirovning “Baron-2” filmida ishtirok etish-etmasligi hali aniq emas. Bu haqda “Hordiq” gazetasi xabar bermoqda.

— “Baron-2”ning suratga olish jarayonlari boshlanganidan xabar topdik. Unda Sizni yana ko‘ramizmi?
— Oldindan hech narsa deya olmayman, sababi rejissor bilan bu borada gaplashib ko‘rmadik. Filmga yana meni chaqirishar, mensiz qayoqqa ham borishardi…

— “Salbiy rollar qiroli” deb tilga olinadigan aktyor Javohir Zokirov “Baron”da ijobiy rolni gavdalantirdi. Aslida, bu filmda qaysi obrazni o‘ynash niyatingiz bo‘lgan?
— “Izzat rolini men o‘ynasam bo‘larkan”, degan fikrlar ko‘p o‘tdi. Rejissor tanlashim mumkin, lekin rol tanlamaslikka harakat qilaman. Menga berilgan rol ijobiymi yoki salbmiymi, maromiga yetkazib o‘ynashga intilaman.

Яндекс.Метрика