У нас есть только
оригинальные песни

Javohir Zokirov o‘zi haqidagi eng yoqimsiz mish-mish haqida gapirdi

calendar 23.09.2016
2288

Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida ishtirok etdi va ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi.

Xususan aktyor o‘zi haqida tarqalgan eng yoqimsiz mish-mish haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Afsuski, mashhurlar haqida turli gap-so‘zlar tarqalishi odatiy holga aylanib boryapti. Bu juda yomon. Ko‘p yillik ijodiy faoliyatimda men haqimda ham bo‘lar-bo‘lmas, yolg‘on va yoqimsiz xabarlarni tarqatishgan. Ulardan eng yomoni meni giyohvand deyishgani. Yaxshi bilmagan kishisi haqida tuhmat gaplar tarqatadiganlarga insof bersin”, — dedi Javohir Zokirov.

Яндекс.Метрика