У нас есть только
оригинальные песни

Jazirama Havoda ”Salqingina” Maslahatlar

calendar 02.03.2016
1656

Biz yoz faslini doim orziqib kutamiz. Tog‘ sayrlari, yozgi ta’til, oromgoh, basseynlarda cho‘milish. Bularning barchasi yoqimli. Ammo yoz bilan birga jazirama havoning tashrif buyurishi insonlarga biroz noqulaylik tug‘diradi. Quyoshning qaynoq tafti va ob-havo haroratining rekord darajaga ko‘tarilishi insonlarni holsizlantirib, sog‘liqqa ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Jazirama payti shahrimiz ko‘chalarida odamlar tezroq pana joylarga bekinib, quyoshdan qochishga urunadi. Ba’zilar esa uyda salqin konditsioner tagida jon saqlashni ma’qul ko‘radi. Ammo bu usul barchaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Chunki aholi orasida har kuni ishga qatnaydiganlar, erta-yu kech ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘ladigan kishilar ham bor.

Xo‘sh, jazirama havoda qanday jon saqlash mumkin?

 

1. Doim o‘zingiz bilan salqin ichimlik olib yuring

U gazlanmagan mineral suv bo‘lgani ma’qul. Issiq havoda qaynoq ko‘k choy ichish ham salomatlik uchun juda foydali. Bu ichimlik issiqlik almashuvini tartibga solishga ham yordam beradi.

2. Yozda ko‘proq yangi uzilgan mevalarni tanovvul qiling

Bozorga borib, biron bir mahsulot xarid qilishni ko‘zlagan bo‘lsangiz, yo‘lga ketadigan vaqtni hisobga oling. Jazirama havoda tez buziladigan oziq-ovqatlarni sotib olishda ehtiyot bo‘ling. Ko‘p hollarda issiqda qolgan mahsulotlarni iste’mol qilish organizmning zaharlanishiga olib keladi.

3. Sportni qo‘yib turing
Agar havoning harorati yuqori darajada bo‘lsa, zo‘riqtiruvchi yumushlar, faol sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish man etiladi. Bunday ob-havoda hissiy xotirjamlikni saqlash zarur.

4. Konditsionerga o‘ch bo‘lmang

Xonadonlar va ofislarda salqinlik tarqatishi uchun o‘rnatilgan konditsionerlar tagida o‘tirish maroqli. Ammo ko‘chaning yuqori darajadagi harorati bilan bino ichidagi salqinlik orasida katta farq mavjud. Haroratlarning bunday keskin farq qilishi shamollashga (ba’zi hollarda zotiljam kasalligining kelib chiqishiga) sababchi bo‘lishi mumkin. Shu sababli konditsionerdan uzoqroqda o‘tirgan ma’qul.

Hademay, ko‘z ochib yumguncha jazirama kunlar ham o‘tib ketadi. Aziz yurtdoshlar, issiq haroratda eng asosiysi, o‘z salomatligingizga e’tiborli bo‘ling. Qaynoq faslda quvnoq kayfiyat sizni tark etmasin.

Яндекс.Метрика