Jazirama kunlarda talab ortadigan mors ichimligi qanday tayyorlanadi?

Yozning issiq kunlarida salqin ichimliklarga talab ortadi. Shaharlarda, odamlar gavjum joylarda shunday ichimliklarning, ayniqsa, mors va kvasning xaridori ko‘payadi. Bu ichimliklar qanday tayyorlanayotgani, sotilayotgan vaqtda sanitariya-gigiyena qoidalariga qay darajada amal qilinishi odatda tashna xaridorni ko‘p ham qiziqtirmaydi. Xo‘sh, bu ichimliklar qanday tayyorlanadi? Bu haqda tadbirkor Navro‘z Qarshiyev O‘zA muxbiriga so‘zlab berdi.

“Mors – yozning issiq kunlarida jonga rohat beruvchi salqin ichimliklardan hisoblanadi. Uni tayyorlashning o‘ziga xos sirlari, mashaqqati bor. Bozorlarda maxsus mors tayyorlaydigan kukun (biz uni essensiya deymiz)lar sotishadi. Bu kukunlar 4 xil bo‘lib, har birining o‘z xususiyati bor: biri rang, biri ta’m, biri hid, yana biri ichimlikning uzoqroq vaqt saqlab turishga yordam beradi. Avval uch litr qaynoq suvga o‘sha to‘rt turdagi kukunni qo‘shib qaynatamiz, so‘ngra tabiiy va muzdek buloq suvidan 200 litr qo‘shib maxsus moslama yordamida aralashtiriladi. Keyin unga ballonda olib kelingan uglekislota solinadi. Uglekislota aylanib turuvchi parrak yordamida asta-sekinlik bilan qo‘shiladi. Mors tayyor holatga kelgach, maxsus bochkalarga quyilib, xalq uchun jo‘natiladi. Mors saqlovchi idishlarimiz ichiga konditsioner o‘rnatilgan bo‘lib, ichimlikni muzdek va uzoq vaqt saqlashga xizmat qiladi”, — deydi tadbirkor.


Комментарии (0) | Добавить: 17.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Toshkentda ilk KFC restorani sentabrda ochiladi
OAV: Toshkentning tungi klublari endi tunda ishlamaydi, Aurum 898 esa yopildi
Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?
Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi
Xaridlar uchun to'lov terminallarida xavfli kamchilik aniqlandi
Shahram G'iyosov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ma`lum bo'ldi
Besh soat qoidasi yoki Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Maskning samaradorlik sirlari
Messi «Barselona» tarixidagi eng ko'p sovringa ega futbolchiga aylandi
Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha 7 maslahat
Xakerdan maslahatlar: Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish mumkin?
Buyuk Xitoy devorining boshi va oxiri
Telefon trubkasini ko'targanda nima uchun “allo” deymiz?
Dizayn” jamoasining litsenziyasi bekor qilindi
Muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo'lgan to'rt sifat
Birinchi xalqaro konferensiyadan Shavkat Mirziyoyevning ko‘ngli to‘lmadi
Odamlarga yoqishingizda yordam beradigan 10ta psixologik maslahat
Xitoylik kishi nabirasi tufayli kuniga 20 soat «Pokemon Go» o‘ynamoqda
Jala tufayli Pekindagi sayyohlik ob’yektlari yopib qo‘yildi
Ka’baning eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi
Shoygu Germaniyani Rossiya bilan kuch orqali gaplashishdan ogohlantirdi
«Barselona»ning eng asosiy 4 transfer maqsadi ma`lum qilindi
Milliy stadion oldidagi ko‘prik qurilishi qanchaga tushdi?
Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi
O'zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko'paytirdi
Oliy ta`lim to'g'risidagi yangi nizomning tasdiqlanishi kutilyapti
Tramp Kane Uestni maqtadi
Qozog‘istonda 88 ta xorijiy telekanal o‘z ishini to‘xtatdi
«Barselona» yangi sardorni tayinladi
«O'zbektelekom» rahbariyatidagi o'zgarishlar sababi ma`lum bo'ldi