У нас есть только
оригинальные песни

Jaziramada bolaga yordam byerishning 7 usuli

calendar 23.07.2016
1247

Hozir tashqarida ayni yoz pallasi. Kunlar juda issiq. Yozning jazirama kunlarida kichkintoylarning ota-onalari imkon qadar farzandiga qulay sharoit yaratishga harakat qilishadi. 

Quyida e'tiboringizga tibbiyot fanlari nomzodi Еvgeniy Olegovich Komarovskiyning issiqda bolaga qanday yordam byerish to'g'risidagi tavsiyalari havola etiladi. 
Konditsionyer tanlaymiz


Rejimga rioya qilamizBola o'tirgan xonaga ventelyatordan ko'ra ko'proq konditsionyer to'g'ri keladi. Asosiy parametrlar -  harorat va namlik nazorat qilinsa, bas.


Me'yorni unutmaymizOptimal harorat – 22 daraja. Namlik – 40 foizdan kam bo'lishi kyerak emas. Uning ta'sirini aniqlashga tyermometr va gigrometr yordam byeradi, to'g'irlashga esa – konditsionyerni boshqarish rejimi va havoni namlantiruvchi vosita yohud tez-tez xonani tozalash kyerak bo'ladi.


Xonani tez-tez shamollatamizXona haroratini asta-sekin pasaytirish lozim. Agar bolaning xonasidagi harorat 30 daraja issiq bo'lsa-yu, uni 24 darajaga tushirish zarurati paydo bo'lsa, u holda konditsionyerni avval 28 darajaga, yarim soatdan keyin – 26 darajaga va shundan so'nggina 24 darajaga tushirish kyerak.


To'g'ri yo'naltiramizFarzandingiz o'tirgan xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing: konditsionyer va ventelyator havoni quritadi. 


Suv vannalarini yoddan chiqarmaymizKonditsionyerni shunday yo'naltirish kyerakki, u to'g'ridan-to'g'ri bolaga yoki bolalar krovatiga kelib tegmasin. 


Ko'p suyuqlik ichiramizIssiq kunda bola har 2 soatda bir marta 1-2 daqiqadan salqin vanna yoki dush qabul qilishi kyerak. Uni hadeb artavyerish kyerak emas. 


Eng asosiysi – agar ota-ona isib ketayotgan bo'lsa, bola juda isib ketayotganligini unutmaslik. Me'yorga amal qilinsa va to'g'ri ishlatilsa, konditsionyer bola uchun xavf tug'dirmaydi.Kichkintoy ko'p suyuqlik ichishi lozim. 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga gazlanmagan minyeral suv to'g'ri keladi, undan kattalarga esa – biroz sho'r yoki gazlangan suv tavsiya etiladi. Shuningdek sarxil yoki quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminlarga boy sharbatlar va giyohli choylar ham ayni muddao. Muhim qoida: bolani ichimliklarni ichishga majburlamang, taklif qiling.

Яндекс.Метрика