У нас есть только
оригинальные песни

Jaziramadan oson o'tishga yordam beruvchi 10 mahsulot

calendar 26.06.2016
2189

Yoz kunlari o'z hukmini o'tkazib, jazirama barchamizni konditsioner va ventilyatorlardan foydalanishga majbur qilmoqda. Bunday kunlarda ko'pchilik muzqaymoqlar, mevali sharbatlar va gazli ichimliklar sotib oladi. Bular vaqtinchalik yordam beradi, xolos. 

Ekspertlar jazirama kunlardan oson o'tishga yordam beruvchi 10ta oziq-ovqat mahsulotidan iborat ro'yxatni tuzib chiqishdi. 

1. Bodring. Bu issiqdan saqlovchi 100 foizli yoz mahsuloti hisoblanadi. Kun davomida chanqamaslik yoki oshqozonda og'irlik sezmaslik uchun bodringli salat iste'moli kifoya qiladi. 


2. Pomidor. Bu mahsulot ham bodringning xususiyatlarini o'zida jamlagan. Pomidorlar issiq kunlardan yaxshi saqlaydi, chunki ularda suyuqlik va vitaminlar katta miqdorda. 

3. Loviya. Loviya ter bezlarining me'yorida ishlashini  ta'minlaydi va terlashni kamaytiradi. 

4. Marjumak. Marjumak organizmda gemoglobin miqdori etarli bo'lishi uchun muhim bo'lgan qimmatli temir manbai hisoblanadi. Agar gemoglobiningiz me'yorida bo'lsa, siz issiq kunlarda o'zingizni engil his etasiz. 

5. Olma. Parhezshunoslar jazirama kunlarda ko'proq olma iste'mol qilishni tavsiya etishadi. Buning boisi ularning vitaminlarga boyligidadir. 

6. Ko'katlar. Petrushka, kashnich, ukrop, salat barglari, otquloq... Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Ko'katlarning barchasi juda foydali, vitaminlarga, ayniqsa, V guruhi vitaminlariga boy, shuningdek ular 90 foiz suvdan iborat. 

7. Yalpiz. Yaqqol sovutish ta'siriga ega. U choy, limonad, shuningdek sho'rva va salatlarga qo'shiladi. Juda issiq kunlarda yalpiz hidining o'ziyoq insonga tetiklik bag'ishlaydi, shu bois yoz kunlari yalpizli efir moyi doim hamrohingiz bo'lsin.

8. Mevalar. Yoz fasli shunday bir mavsumki, u insonga bir yilga etadigan vitaminlarni yig'ib olish imkonini beradi. Shu bois taomnomangizga mavsumiy mevalar: qulupnay, olcha, smorodina kabilarni kiriting.

9. Sut mahsulotlari. Ular chanqoqni bosish bilan birga oqsil etishmovchiligini bartaraf qiladi. Sut-qatiq mahsulotlari ko'katlar yoki mevalar bilan yaxshi uyg'unlashadi. 

10. Dengiz mahsulotlari.  Natriy, kaliy, fosfor, yod, magniy, tsink, mis, marganets, kaliy  - bu xali dengiz mahsulotlaridagi foydali minerallarning to'liq  ro'yxati emas. Bundan tashqari dengiz mahsulotlari juda yaxshi hazm bo'ladi
.

Яндекс.Метрика