У нас есть только
оригинальные песни

JCh—2018 3-saralash bosqichidagi murabbiylar O‘zbekiston termasini jiddiy raqib deb hisoblamaydi

calendar 21.04.2016
3282

Futbol bo‘yicha JCh—2018 3-saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar hamda Suriya bilan bir guruhdan joy olgandi. Xitoyning Dong Qiudi nashri O‘zbekistondan tashqari qolgan barcha mamlakat termalari bosh murabbiylarining guruh haqidagi fikrlarini chop etdi.

Unga ko‘ra, “A” guruhida o‘z termasi bilan ishtirok etayotgan mutaxassislarning birortasi ham asosiy raqib sifatida O‘zbekiston terma jamoasini ko‘rmasligi oydinlashdi. Xitoy nashri O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning qur’a haqidagi fikrini chop etmagan.

Karlush Keyrush. Eron terma jamoasi bosh murabbiyi.
“Guruhimizda Janubiy Koreya va Qatar bizga jiddiy raqib bo‘la oladi. Garchi FIFA reytingida eng oldinda bo‘lsakda, guruh favoriti so‘zsiz Janubiy Koreya. Terma jamoaga 3-4 nafar yosh iqtidorlarni jalb qildik, ulardan umidim katta”.

Uli Shtilike. Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi.
“Eng kuchli raqibimiz albatta Eron. Shunga qaramay, guruhda 1-o‘rinni egallash uchun harakat qilamiz. Eronni mag‘lub eta olsak, maqsadimizga erishamiz va Rossiyaga boramiz. Xitoyga qarshi o‘yinlar ham oson o‘tmaydi, ammo g‘alaba qozona olamiz”.

Gao Xong Bo. Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi.
“Guruh biz uchun omadli keldi. Aprel oyi yakunida gollandiyalik va italiyalik 3 nafar mashhur murabbiy safimizga qo‘shiladi. Biz uchun jiddiy raqiblar bu — Janubiy Koreya, Eron va Qatar. O‘zbekiston terma jamoasini Osiyo Kubogida mag‘lub etganmiz. FIFA reytingida ular bizdan oldinda bo‘lsada, oktabr oyida 6 ochko olimizga ishonaman”.

Xose Daniel Karreno. Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi.
“Eronga qarshi bizni qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Forslarni guruh favoriti, deb bilaman”.

Fajir Ibrohim. Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi.
“Kuchlilar yetib kelgan bu bosqichda tabiiyki, hamma jahon chempionatiga borishni xohlaydi. Tayyorgarlikni kuchaytirishimiz kerak, biroq hozir Suriyada ahvol yaxshi emas. Shunga qaramay, Rossiyaga bora olishimizga ishonaman. Eron va Janubiy Koreyadan keyin asosiy raqibimiz deb Xitoyni bilaman”.

Dong Qiudi 12-aprel kuni bo‘lib o‘tgan qur’a marosimidan so‘ng Xitoyning “CCTV” telekanali futbol sharhlovchisining fikrini ham o‘z sahifasiga joylashtirgan: “O‘zbekistonni so‘nggi o‘yinda mag‘lub etganmiz. 2014 yilgi jahon chempionati saralashi vaqtida O‘zbekiston futboli yaxshi rivojlanib kelayotgandi. Bu narsa Luis Felipe Skolari “Bunyodkor” murabbiyi etib tayinlanganidan boshlandi. “Bunyodkor” o‘zbek futboli rivojida muhim rol o‘ynagandi. Ammo so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston futbolida rivojlanish tezligi ancha pasaygan. Ularga qarshi o‘yin bizga katta qiyinchilik tug‘dirmaydi”, — deb fikr bildirgan xitoylik futbol sharhlovchisi. Nashrda sharhlovchining ismi emas, balki u faoliyat olib boradigan kanal nomigina ko‘rsatilgan.

Яндекс.Метрика