У нас есть только
оригинальные песни

JCh—2018. Belgiya Panamani tor-mor etdi, Lukakudan dubl, Mertensdan esa supergo

calendar 18.06.2018
758

Bugun, 18-iyun sanasida Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati doirasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Jumladan, “G” guruhidan o‘rin olgan Eden Azar boshchiligidagi Belgiya termasi Panama termasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim golsiz durang bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida Dris Mertens havodagi to‘pni to‘xtatmasdan Panama darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi. 69-daqiqaga kelib APLda javlon urgan Kevin De Bryuynening ajoyib uztmasini “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku golga aylantirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Yana o‘sha Lukakuning o‘zi 75-daqiqada 3:0 bo‘lishini ta’minladi.

Shu tariqa Belgiya mundialni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

Birozdan so‘ng “G” guruhining yana ikki jamoasi Tunis hamda Angliya terma jamoalari birinchi tur doirasida bellashadi.

Jahon Chempionati

“G” guruhi​, 1-tur bellashuvi

18-iyun, dushanba

Belgiya—Panama 3:0

Gollar: 1:0 — 47 Dris Mertens, 2:0 — 69 Romelu Lukaku, 3:0 — 75 Romelu Lukaku.

Belgiya: Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Dembele, 74), Vitsel (Shadli, 90), Eden Azar, Mertens ( Torgan Azar, 83), Lukaku.

Panama: Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Godoy, Gomes, Kuper, Barsenas (Torres, 63), Rodriges (Dias, 63), Peres (Texada, 73).

Ogohlantirishlar: Mene (14), Devis (18), Barsenas (45), Kuper (49), Murilo (51), Godoy (57), Vertongen (59), de Bryuyne (88).

Яндекс.Метрика