У нас есть только
оригинальные песни

JCh—2018. Fransiya qiyinchilik bilan Avstraliyani yengdi, Pogbadan zargarona gol

calendar 16.06.2018
826

Bugun, 16-iyun sanasida Rossiyadagi Jahon Chempionatining “C” guruhidan o‘rin olgan Fransiya hamda Avstraliya terma jamoalari 1-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keldi.

Birinchi bo‘lim tomonlarning golsiz durangi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida urugvaylik bosh hakam Andres Kunya VAR(videotaktror) tizimidan foydalanib, Avstraliya darvozasiga penalti belgilandi. Jarim zarbasini jabrlanuvchining o‘zi — Antuan Grizmann aniq amalga oshirib hisobni ochdi. Biroq oradan 3 daqiqa o‘tib Umtiti jarim maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun Ugo Lyoris darvozasiga penalti belgiladi. Undan “sokkerouzlar” sardori Mile Yedinak unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi. O‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yish Pol Pogbaga nasib etdi. Pogba o‘zi boshlagan hujumchi chiroyli tarzda yakunlab, Fransiyaga 3 ochkoni taqdim etdi.

Guruhning yana ikki a’zosi — Peru hamda Daniya bugun 21:00 da o‘zaro to‘qnash keladi.

Jahon Chempionati

“C” guruhi, 1-tur bellashuvlari

16-iyun, shanba

Fransiya—Avstraliya 2:1

Gollar: 1:0 — 58, penalti Antuan Grizmann, 1:1 — 61, penalti Mile Yedinak, 2:1 — 81 Pol Pogba.

Fransiya: Ugo Loris, Benjamen Pavar, Rafael Varan, Samuel Yumtiti, Lyuka Ernandes, Pol Pogba, Korenten Tolisso (Blez Matyuidi, 78), N’Golo Kante, Antuan Grizmann (Olivye Jiru, 70), Kilian Mbappe, Usmon Dembele (Nabil Fekir, 70).

Avstraliya: Metyu Rayan, Mark Milligan, Aziz Bexich, Joshua Rizdon, Trent Seynsberi, Aaron Muy, Mayl Yedinak, Tommi Rogich (Tomi Yurich, 71), Metyu Leki, Robbi Kruz, Endryu Nabbut.

Ogohlantirish: Metyu Leki (18), Rizdon (57), Tolisso (76).

 

Яндекс.Метрика