У нас есть только
оригинальные песни

JCh—2018. Messi penaltidan gol ura olmagan bahsda Argentina Islandiyani mag‘lub eta olmadi

calendar 16.06.2018
948

Bugun, 16-iyun sanasida Rossiyadagi Jahon Chempionatining “D” guruhidan o‘rin olgan Argentina hamda Islandiya terma jamoalari 1-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvda hisob 19-daqiqadayoq Argentina termasi tomonidan ochildi. Gol muallifi Serxio Aguero. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Islandiya termasi Alfred Finnbogasonning goli sabab hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Leo Messi penaltidan gol ura olmadi. Uning zarbasini Islandiya darvozabonig qaytarishga erishdi. O‘yin shu tariqa tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

Guruhning yana ikki jamoasi — Xorvatiya hamda Nigeriya bugun tunda kurash olib boradi.

Jahon Chempionati

“D” guruhi, 1-tur bellashuvlari

16-iyun, shanba

Argentina—Islandiya 1:1

Gollar: 1:0 — 19 Aguero, 1:1—23 Finnbogason.

Amalga oshirilmagan penalti (63). Messi.

Яндекс.Метрика