У нас есть только
оригинальные песни

JCh—2018. Modrich gol urgan o‘yinda Xorvatiya Nigeriyani mag‘lub etdi

calendar 17.06.2018
639

Hozirgina Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining “D” guruhida o‘rin olgan Xorvatiya hamda Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Bellashuvda hisob birinchi bo‘limning 32-daqiqasiga kelib ochildi. Nigeriya termasi a’zosi Ogenekaro Etebo avtogol sohibiga aylandi. Birinchi bo‘lim Xorvatiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida esa uchrashuv bosh hakami Sandro Rossi Nigeriya termasi darvozasi tomon 11 metrli jarima zarasini belgiladi. Penaltini esa “Real Madrid” yarim himoyachisi Luka Modrich aniq amalga oshirib o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa Xorvatiya o‘z hisobiga 3 ochkoni yozgan holda “D” guruhi peshqadamiga aylanib oldi.

Jahon Chempionati

“D” guruhi, 1-tur bellashuvi

16-iyun, shanba

​Xorvatiya — Nigeriya 2:0

Gollar: 1:0 — 32, avtogol Etebo, 2:0 — 71, penalti Modrich.

Xorvatiya: 23.Daniel Subashich, 6.Deyan Lovren, 3.Ivan Strinich, 2.Shime Vrsalko, 21.Domogoy Vida, 7.Ivan Rakitich, 10.Luka Modrich, 4.Ivan Perishich, 18.Ante Rebich (8.Mateo Kovachich, 79), 9.Andrey Kramarich (11.Marselo Brozovich, 61), 17.Mario Mandjukich (20.Marko Pyatsa, 85).

Nigeriya: 23.Frensis Uzoxo, 5.Uilyam Ekong, 12.Abdullahi Shexu, 2.Brayan Idovu, 6.Leon Balogun, 4.Oniniye Ndidi, 8.Ogenekaro Etebo, 10.Jon Obi Mikel (13.Simi Nvankvo, 88), 11.Viktor Mozes, 18.Aleks Ivobi (7.Ahmed Musa, 62), 9.Odion Igalo (14.Kelechi Ixeanacho, 74).

Ogohlantirishlar: Rakitich 31, Brozovich 89, Ekong 71.

Яндекс.Метрика