У нас есть только
оригинальные песни

JCh-2018. Rassiya Ispaniya ustidan g'alaba qozondi

calendar 01.07.2018
840

Kecha, 30-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati nimchorak final bahslariga start berildi. Bugun, 1-iyul kuni esa nimchorak final o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Kun taqvimidan odatga ko‘ra ikki uchrashuv o‘rin olgandi.

Dastlabki o‘yin mezbon Rossiya termasi hamda mundial favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Ispaniya terma jamoasi o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvda hisob 12-daqiqada ochildi. Serxio Ramos va Sergey Ignashevich kurashidan so‘ng, to‘p Rossiya termasi himoyachisiga tekkan holda Akinfeyev darvozasidan o‘rin oldi. 41-daqiqa Pike to‘pni qo‘l bilan o‘ynadi. Byorn Kuypers esa De Xea darvozasiga penalti belgiladi. Uni Artyom Dzyuba aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim ham ikkinchi bo‘lim ham va qo‘shimcha taymlarda ham 1:1 hisobi o‘zarmay qoldi.

Penaltilar seriyasida esa omad ruslarga kulib boqdi. Rossiya lotereyalar seriyasida Ispaniyani 4:3 hisobida yengib, chorak finalga yo‘l oldi.

Jahon Chempionati

1/8 final bellashuvlari

1-iyul, yakshanba

Ispaniya—Rossiya 1:1 (3:4 penaltilar bo‘yicha)

Gollar: 1:0—12, avtogol Ignashevich, 1:1 41, penalti Dzyuba.

 

Яндекс.Метрика