У нас есть только
оригинальные песни

JCh—2018. Rossiya—Misr 3:1

calendar 20.06.2018
839

JCh—2018. Rossiya—Misr 3:1

Rossiyada o‘tayotgan Jahon Chempionatining 2-turi doirasida Rossiya—Misr uchrashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ammo ikkinchi bo‘lim gol bilan boshlandi.

Artyom Zyuba bilan to‘p uchun kurashda Misr terma jamoasi himoyachisi Fathi o‘z darvozasini kutilmaganda ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan 12-daqiqa o‘tib, o‘yinning 59-daqiqasida Denis Cherishev Rossiyaning 2:0 hisobida oldinga chiqib olishini ta’minladi. 62-daqiqaga kelib, Artyom Zyuba hisob yirik, 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Misrliklar bu gollarga faqat VAR tizimi orqali belgilangan penalti orqali javob berdi. Penaltini esa Muhammad Saloh Akinfeyev darvozasiga yo‘llab hisobni qisqartirdi. Ushbu hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

ahon Chempionati

2-tur bellashuvi, “A” guruhi

19-iyun, seshanba

Rossiya—Misr 3:1

Gollar: 1:0 – 47, avtogol Fathi, 2:0 – 59 Cherishev, 3:0 – 62 Zyuba, 3:1 – 73, penalti Saloh.

Rossiya: Akinfeyev, Fernandes, Kutepov, Ignashevich, Jirkov (Kudryashov, 86), Gazinskiy, Zobnin, Samedov, Golovin, Cherishev (Kuzyayev, 74), Zyuba (Smolov, 79).

Misr: Al-Shenavi, Fathi, Gabr, Hegazi, Abdul-Shafi, al-Nenni (Uarda, 64), Hamed, Saloh, El-Said, Trezege (Sobhi, 68), Muhsin (Qahrabo, 82).

Ogohlantirishlar: Trezege (57), Smolov (84).

Яндекс.Метрика