У нас есть только
оригинальные песни

JCh—2018. Urugvay—Rossiya, Eron—Portugaliya, Ispaniya—Marokash. Bugungi o‘yinlar anonsi

calendar 25.06.2018
1079

Bugun, 25-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayogan Jahon Chempionati guruh bosqichining so‘nggi, 3-tur o‘yinlariga start beriladi. Har bir guruhdagi 3-tur o‘yinlari bir vaqtda boshlanadi.

Bugunning o‘zida “A” hamda “B” guruhida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “A” guruhida Rossiya hamda Urugvay guruh g‘olibligi uchun kurash olib boradi.

Mazkur guruhning qolgan ikki jamoasi — Saudiya Arabistoni hamda Misr esa rasmiyatchilik uchun maydonga tushadi.

Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

“B” guruhidan chiqish uchun esa birdaniga 3 ta jamoa kurash olib bormoqda. Bular — Portugaliya (4 ochko), Ispaniya (4 ochko), Eron (3 ochko). Marokash esa musobaqani muddatidan avval tark etib ulgurdi.

Bugun Eron terma jamoasi guruhdan chiqish uchun Portugaliya bilan kurash olib boradi.

Ispaniya esa Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Ikkala bellashuv ham 23:00 da boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun agarda jamoalar ochkolari bir xil bo‘lib qolsa, unda reglament bo‘yicha avvalo to‘plar nisbati, shunda ham tenglik bo‘lsa, unda qaysi jamoa ko‘proq gol urganiga e’tibor qaratiladi. Bu borada ham teng natija qayd etilsa, unda o‘zaro o‘yinlar inobatga olinadi. Agarda shunda ham ko‘rsatkichlar teng bo‘ladigan bo‘lsa, unda eng kam ogohlantirish olgan jamoa jadvalda yuqori o‘ringa ko‘tariladi. Barcha ko‘rsatkichlar teng keladigan bo‘lsa, unda FIFA “ko‘r qur’a” orqali g‘olibni aniqlab beradi.

Jahon Chempionati

“A” guruhi, 3-tur bellashuvlari

25-iyun, dushanba

Urugvay — Rossiya 19:00

Saudiya Arabistoni—Misr 19:00

 “B” guruhi, 3-tur bellashuvlari

25-iyun, dushanba

Eron—Portugaliya 23:00

Ispaniya—Marokash 23:00

Яндекс.Метрика