У нас есть только
оригинальные песни

JCh—2018. Xorvatiya penaltilar seriyasida Rossiyani mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

calendar 08.07.2018
697

7-iyul sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining 1/4 final bahslari yakuniga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yinida Angliya terma jamoasi Jessi Lingard hamda Dele Allining gollari sabab Shvetsiyani mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Chorak finalning so‘nggi o‘yini 1/8 finalda Ispaniya hamda Daniyani taslim eta olgan Rossiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘t​di. Uchrashuvda hisob 31-daqiqada Denis Cherishev tomonidan ochildi. Cherishev jarima maydonchasiga kirmasdan kuchli zarba berib, Subashich qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 39-daqiqaga kelib esa Mario Manjukichning uzatmasini Andrey Kramarich boshi bilan Akinfeyev darvozasiga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim golsiz yakunlandi.

Birinchi qo‘shimcha bo‘limda Vida boshi bilan gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida esa Mario Fernandes hisobni tenglashtirdi.

Penaltilar seriyasida esa 4:3 hisobida Xorvatiya ustun keldi va yarim finalda Angliya bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Jahon Chempionati

1/4 final bellashuvlari

7-iyul, shanba

Rossiya—Xorvatiya 2:2 (penaltilar bo‘yicha 3:4)

Gollar: 1:0—31 Cherishev, 1:1 39 Kramarich, 1:2—101 Vida, 2:2—115 Fernandes.

Rossiya: Akinfeyev, Kutepov, Kudryashov, Fernandes, Ignashevich, Kuzyayev, Zobnin, Golovin (Dzagoyev, 102), Samedov (Yeroxin, 54), Cherishev (Smolov, 67), Dzyuba (Gazinskiy, 79).

Xorvatiya: Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 74), Vrsalko (Chorluka, 97), Vida, Perishich (Brozovich, 63), Rakitich, Modrich, Rebich, Kramarich (Kovachich, 88), Mandjukich.

Ogohlantirishlar: Lovren (35), Strinich (38), Vida (102), Gazinskiy (109), Pivarich (114).

Яндекс.Метрика