У нас есть только
оригинальные песни

JCh uchun saralash bosqichi o'yinlari bekor qilinishi mumkin

calendar 18.11.2016
1874

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati formatiga kiritilishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar haqida gapirdi.«Saralab olingan 16ta terma jamoa to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichiga chiqadi. 64 terma jamoa musobaqa boshlanishiga 1 hafta qolganida mezbon mamlakatda o'tkaziladigan pley-off saralashida ishtirok etish orqali turnirda ishtirok etadigan 32 jamoa nomi aniqlanadi.Bu holatda pley-offning yagona o'yinida har qanda hodisa ro'y berishi mumkin. Masalan, Italiya yoki Ispaniya yutqazib, JCh musobaqasidan chetda qolishi ham mumkin. Keling, oldindan bashorat qilmaylik.Jahon chempionati – ijtimoiy ahamiyatga molik turnir. U mamlakatlarni o'zgartiradi, odamlarga quvonch ulashadi. Bunday o'zgarishlar keyingi rivojlanishlar uchun turtki bo'lishi mumkin», deya Infantinoning so'zlarini keltiradi Goal.com.

Яндекс.Метрика