У нас есть только
оригинальные песни

Jeenbekov O'zbekistonga aloqador bitimni ma`qulladi

calendar 13.12.2017
1181

Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Qirg'iziston Respublikasi Hukumati va O'zbekiston Respublikasi Hukumati o'rtasida chegaraoldi vakillari faoliyati to'g'risidagi 2017 yilning 5 sentabr kuni Bishkek shahrida imzolangan Bitimni ratifikatsiya qilish to'g'risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Qonun Jo'qorg'u Kenesh tomonidan 2017 yilning 7 dekabr kuni qabul qilindi.

Ushbu Bitimdan ko'zlangan asosiy maqsad – Qirg'iziston va O'zbekistonning qirg'iz-o'zbek davlat chegarasini qo'riqlash sohasidagi va Qirg'iziston Respublikasi Davlat chegarasi uchastkalarida chegaraoldi vakillari faoliyatini tartibga solish, chegaradagi hodisalarga yechim topish hamda davlat chegarasida rejimni saqlab turish bo'yicha o'zaro munosabatlariga bog'liq bo'lgan masalalarni hal etishdir. 

Qayd etilishicha, ushbu Bitimning ratifikatsiyasi Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasida chegaradagi hodisalarni tartibga solish, chegaradan o'tishda qo'shma tekshiruvlarni amalga oshirish hamda chegaraoldi vakillari ishi bo'yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda muhim o'rin tutadi.

Qonun o'n kundan so'ng kuchga kirishi ta`kidlangan.

Яндекс.Метрика