У нас есть только
оригинальные песни

Jek Ma: 30 yildan so‘ng odamlar kuniga 4 soatdan ishlaydi

calendar 22.06.2017
2101

30 yildan so‘ng odamlar kuniga 4 soatdan ishlaydi, mehnat haftasi esa hozirgi 5 kundan 4 kungacha qisqaradi. Xitoyning Alibaba Group internet-kompaniyasi rahbari Jek Ma CNBC telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi, deya xabar beradi “Kommersant”. 

“Bobom dalada kuniga 16 soatlab ishlagan va o‘zini o‘ta band odam deb bilgan. Biz haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat ishlaymiz va o‘zimizni juda band inson hisoblaymiz”, — ta’kidladi Jek Ma. 

Alibaba rahbariga ko‘ra, kelgusida odamlar sayyohatga ko‘proq vaqt bo‘ladi. 

“Odamlar odatda, aytaylik, 30 ta joyga boradi. Biroq 30 yildan keyin ularda 300 ta manzilga sayyohat qilish imkoni tug‘ilsa ajab emas”, — taxmin qildi Osiyoning eng badavlat insoni sanaladigan (mol-mulki 41,8 milliard dollar baholanadi) biznesmen.

Яндекс.Метрика