У нас есть только
оригинальные песни

Jeki Chan Moskvadagi Xitoy kinosi festivalini ochib beradi

calendar 06.11.2016
1370

Aktyor Jeki Chan Rossiyadagi Xitoy kinosi festivalini ochib beradi, deb yozadi“Vedomosti”.

Festival 8—27-noyabr kunlari Moskvada va Rostov-Donda o‘tkaziladi. Tantanali ochilish marosimi Moskvadagi “Kosmos” kinoteatrida bo‘lib o‘tadi. Namoyishni rejissor Renni Xarlinning “Izma-iz” filmi ochib beradi.

Festival dasturiga yettita zamonaviy badiiy lenta kiritilgan.

Moskvada filmlar 9—14-noyabr kunlari “Paveletskayadagi besh yulduz” va 21—27-noyabr kunlari “Illyuzion” kinoteatrlarida namoyish qilinadi.

Яндекс.Метрика