У нас есть только
оригинальные песни

Jerar Depardye reperlar haqidagi filmda suratga tushmoqda

calendar 10.08.2015
1210

Aktyor Jerar Depardye bungacha qo‘l urmagan mavzusi — fransiyalik reperlar hayoti haqidagi filmni suratga olish ishlarida qatnashmoqda, deb yozadi "TASS”.

Biroq Depardye reper rolini ijro etmaydi. Film pul yetishmovchiligi tufayli o‘z prodyuserining keksa pensioner otasiga haydovchilik qilishga majbur bo‘lgan yosh reper haqida hikoya qiladi. Ular ikki hafta davomida birgalikda Fransiya g‘arbi bo‘ylab sayohat qiladi va bu vaqt ichida bir-biri bilan yaqindan tanishadi. "Tur de Frans” deb nom olgan filmni suratga olish 10-sentabrga qadar davom etadi.
Яндекс.Метрика