75 soniyalik rolikda aktyor Deniel Kreyg ijrosidagi Bondning "Spektr” jinoiy tashkilotiga qarshi kurashi tasvirlangan. Agent bir necha bor Frants Oberxauzer bilan to‘qnash keladi — mazkur rolni avstriyalik aktyor Kristof Valts ijro etgan.
Sahnalarning birida Bond vayron bo‘layotgan bino bo‘laklaridan omon qoladi, keyin esa qorli tog‘lardagi, shuningdek, turli aviatexnikalardagi quvlamachoqlarda qatnashadi.
"007: Spektr” filmi 26-oktabr kuni jahon ekranlariga chiqadi. Lenta bondiananing Kreyg ishtirokidagi to‘rtinchi va rejissor Sem Mendes rahbarligida ikkinchi film hisoblanadi. Franshizaning avvalgi kartinasi — "007: Skayfoll” jahon bo‘ylab 1,1 milliard dollar to‘plab, Bond haqidagi eng muvaffaqiyatli kinoga aylangan edi.