У нас есть только
оригинальные песни

Jeyms Bond taqqan soat Jenevadagi auksionda 367 ming dollarga sotildi

calendar 10.11.2015
1258

Jeyms Bond britaniyalik superjosus haqidagi sakkizinchi film — "Yasha va o‘lishga imkon ber”da (1973-yil) taqqan Rolex qo‘l soatlari kimoshdi savdolarida 367 ming dollarga sotildi. Bu haqda Phillips auksion uyi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi "RIA Novosti”.

Soat keyingi 15 yil davomida uchinchi bor sotilishi, bu muddat davomida uning qiymati o‘n barobar oshdi. Ilk bor 2001-yili Londonda sotilgan va Christie’s auksion uyiga 38 ming dollar keltirgan. Oradan o‘n yil o‘tib, 2011-yili Jenevada 242 ming dollarga xaridorini topdi. Uchinchi kimoshdi savdosi ham 8-noyabr, yakshanba kuni aynan shu yerda bo‘lib o‘tdi.

MI-6 maxfiy xizmatining mashhur xodimi taqqan soat (filmda uni Rojer Mur o‘ynagan) Rolex Oyster Perpetual Submariner modeli asosida ishlangan. Uning orqa tomoniga "Roger Moore 007” yozuvi o‘yilgan. Afsuski, kiritilgan ko‘plab o‘zgarishlar tufayli soat o‘zining asosiy vazifasini bajarmaydi — vaqtni ko‘rsatmaydi.

Яндекс.Метрика