У нас есть только
оригинальные песни

Jeyms Kemeron “Avatar”ning yana 4 ta qismini suratga oladi

calendar 15.04.2016
1106

Rejissor Jeyms Kemeron 2009-yilgi “Avatar”ning davomi bo‘ladigan yana to‘rtta filmni suratga olish haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Bu haqda, The Verge nashri ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Nyu-Yorkdagi CinemaCon tadbirida Kemeron navbatdagi film, avval rejalashtirilganidek, 2016-yilda emas, 2018-yilda prokatga chiqishini ma’lum qildi. Undan keyingi qismlari taxminan 2020, 2022 va 2023-yillarda chiqadi.

“Bu murakkab va qiziqarli dunyoda namoyon bo‘ladigan epik saga bo‘ladi”, — dedi rejissor.

“Avatar” kino tarixidagi eng omadli film bo‘lib, u dunyo prokatida 2,8 milliard dollarga yaqin mablag‘ to‘plagan edi.

Яндекс.Метрика