Rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovni sudga berdi. Bu haqda "Moskovskiy komsomolets” nashri xabar berdi.
Jirinovskiy Gorbachyovdan ma'naviy zararni qoplash uchun 1 mln rubl undirib berishni talab qilmoqda.
Gorbachyov o'zining "Kremldan so'ng” kitobida Jirinovskiy haqida
yozganlari, siyosatchining fikricha, haqorat deb baholanishi kerak.
Xususan, kitobda Jirinovskiy ekstremistik shiorlar ilgari surish va boshqa provokatsiyalarni uyushtirishda ayblangan.
Da'vogar, jarima to'lanishidan tashqari, raddiya e'lon qilinishini ham talab qilmoqda.