У нас есть только
оригинальные песни

Jirinovskiy Rossiya madhiyasidan qardosh xalqlar to'g'risidagi qatorni olib tashlashga chaqirdi

calendar 15.09.2015
1064

Rossiya liberal-demokratlar partiyasi etakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiya davlat madhiyasidagi qardosh xalqlar birdamligi to'g'risidagi qatorni olib tashlashni taklif qilib chiqdi. Bu haqda u Davlat Dumasi yig'ilishi vaqtida ma'lum qildi.

"Juda uzun madhiya, dunyodagi eng uzun madhiya. Hatto sportchilar sabr qilishi qiyin”, – dedi Jirinovskiy. Shu bilan birga, uning fikricha, mazkur qator joylashgan butun boshli to'rtlikni olib tashlash lozim.

2014 yilning avgustida Jirinovskiy Rossiya gimnini 1833-1917 yillarda Rossiya imperiyasining "Yaratgan, shohni asra” bilan boshlanuvchi madhiyasiga, Rossiya bayrog'ini esa podsholik tug'i (qora-sariq-oq rangli)ga almashtirish taklifi bilan chiqqan edi. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yangi lavozim — oliy hukmdorlikni taklif qilgan edi.
Яндекс.Метрика