Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo'rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyat deb hisoblanmaydi

«O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o'zgartishlar va qo'shimcha kiritildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda

35-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
 
«Quyidagi holatlar, ya`ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog'ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo'rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi»;

38-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlandi.

Quyidagi mazmundagi 411-modda bilan to'ldirildi:

«411-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo'rqitish

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo'llash bilan qo'rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo'rqitish oqibatida shaxs o'z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo'lsa, jinoyat hisoblanmaydi.

Ushbu Kodeks bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo'llash bilan qo'rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to'g'risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo'rqitish oqibatida shaxs o'z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo'lsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi».


Комментарии (0) | Добавить: 11.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri quritish kerak?
Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dori masalasini tanqidiy o‘rganishni topshirdi
«Barselona» Maskeranoning ketishini e’lon qildi
Rossiya shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
40 yosh ostonasidagi Rayhon: “Sizda oila yo'qmi, demak, hech narsangiz yo'q”
Toshkent viloyatida 38 mln so'mlik otlar o'g'irlab ketildi
Jahon chempionati kubogi O‘zbekistonga 6-fevralda keladi
«Facebook» yangi vaqt o‘lchov birligini yaratdi
Qur`oni karim lotin alifbosida ham chop etiladigan bo'ldi
Nokia besh kamerali smartfon ishlab chiqarmoqda
Osiyo chempionati dastlabki finalchisi aniq bo'ldi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda ishlash istagida bo'lganlarga murojaat qildi
Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot omon qoldi
Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi